AQSh va «Tolibon» qo‘shinlarni olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi
Maxsus vakil Zalmay Xalilzod boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi va "Tolibon" harakati Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlarini olib chiqib ketish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun Qatarda navbatdagi muzokaralarni boshlaydi. Bu haqda "Tolibon" harakati matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, Xalilzod "Tolibon" siyosiy ofisi rahbari mulla Abdul G‘ani Baradar bilan uchrashgan, ular afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal etish borasida fikr almashgan.
Qatar hukumati hozircha Dohada yangi muzokaralar bo‘lib o‘tishini tasdiqlamagan.
Amerika delegatsiyasi va "Tolibon" o‘rtasida mart oyida muzokaralar bo‘lib o‘tgandi. Tomonlar uning sermahsulligini qayd etishgan, ammo Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqib ketish bo‘yicha kelishuv imzolanmagandi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024