Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada 1,4 ming kishi bayramlar vaqtida zaharlandi
Meksikaning Verakrus shtatida Bola kunining nishonlanishi vaqtida deyarli 1,4 ming kishi ommaviy zaharlandi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, shifoxonalarga hammasi bo‘lib 1358 kishi yetkazilgan, ularning orasida bolalar va homilador ayollar bor. Hozirda hamma bemorlarga uylariga javob berilgan. Shifokorlar 4 kun ichida zaharlanish sababini aniqlashmoqchi.
Shtat ma'muriyati tub aholi yashaydigan joylardan biridagi bayram qandaydir nohukumat tashkiloti tomonidan tashkillashtirilganini ma'lum qilgan. Ushbu tashkilot aholiga taomlar, shirinliklar va ichimliklar ulashgan.
Xuddi shunday voqea Gerrero shtatida ham yuz bergan. Bu yerda 30 apreldagi bayramlar vaqtida 200ga yaqin bola zaharlangan: Meshkalsingo qishlog‘idagi boshlang‘ich maktab o‘quvchilari an'anaviy “posole” sho‘rvasini ichgandan keyin o‘zlarini yomon his qila boshlashgan. 108 kishi, asosan bolalar shifoxonalarga yetkazilgan. Ta'kidlanishicha, hozirda ularning ahvoli yaxshilanmoqda.
Meksikada Bola kuni 30 aprelda nishonlanadi.