Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda Turkiyadagi eng katta masjid ochildi
Istanbulda 3 may Turkiyadagi eng katta jome' masjid – Büyük Çamlıca Camisi ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, turli davlatlardan diniy arboblar va rasmiy shaxslar ishtirok etgan.

Masjidning balandligi 72 metr bo‘lib, u Turkiyaning eng yirik shahri Istanbulda yashovchi millatlar sonini ifodalaydi.
Masjid gumbazi ichida 16 ta turk davlati sharafiga Allohning 16 ismi bitilgan. Masjidda 11 ming kvadrat metr maydonni egallovchi muzey va 3,5 ming kvadrat metr maydonda kutubxona joylashgan.


Yangi masjid Istanbulning yangi ramzlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
63 ming kishini o‘z bag‘riga sig‘dira oluvchi masjidning qurilishi 2013 yilda boshlangan.


Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026