«Suvsoz» yangi tariflarda olingan to‘lovlarni qayta hisob-kitob qiladi - MQQ

Foto: Shutterstock
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida sovuq suv uchun to‘lovlarning oshirilgan narxlarda qabul qilinishi yuzasidan tarqalgan xabarlarga izoh berdi.
“Tijorat banklari va pochta aloqa bo‘linmalari ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari uchun to‘lovlarni oshirilgan narxlarda qabul qilishni zudlik bilan to‘xtatish hamda yangi narxlarni 10 maydan qo‘llash to‘g‘risida Qo‘mita tomonidan ogohlantirildi”, - deyiladi qo‘mita matbuot xizmati xabarida.
“Suvsoz” davlat unitar korxonasi tomonidan yangi narxlar belgilangan muddatlardan boshlab qo‘llanilishi va bugungi kunga qadar oshirilgan narxlarda olingan to‘lovlar iste'molchilarga qayta hisob-kitob qilinishi majburiyati yana bir bor tasdiqlangan.
To‘lovlarning 10 mayga qadar oshirilgan narxlarda qabul qilinishi holatlari kuzatilgan taqdirda Qo‘mitaning (71) 241-58-64 raqami yoki ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bog‘lanish so‘raladi.
Eslatib o‘tamiz, 25 aprel kuni “Suvsoz” DUK saytida 24 apreldan Toshkent shahri aholisi uchun sovuq suv narxlari oshirilishi haqida xabar berildi. Unda yangi narxlar poytaxt hokimiyati tomonidan 2 aprel kuni tasdiqlangani aytilgandi.
Internet nashrlari bu ma'lumotni narxlar oshirilishi haqidagi xabar narxlar oshirib bo‘linganidan bir kun o‘tib e'lon qilinganiga urg‘u qaratilgan holda tarqatildi. Ko‘p o‘tmasdan “Suvsoz” saytidan bu ma'lumot o‘chirib tashlandi.
Ma'lumot uchun: Toshkent shahrida o‘tgan 2018 yilning o‘zida sovuq suv uchun narx uch marta oshirilgan, narxlar o‘tgan yilning fevralida (+5 so‘mga), mayida (+50 so‘mga) va noyabrida (+35 so‘mga) oshirilgan edi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
XVJ Ukraina uchun ko‘p millionlik yordam transhini tasdiqladi
Jahon | 11:48
-
Benilyuks mamlakatlari O‘zbekistondan mehnat migrantlarini ishga jalb qiladi
O‘zbekiston | 11:33
-
Xonanda Dilfuza Ismoilova 80 ming dollarga chuv tushdi
O‘zbekiston | 11:28
-
SSJ-100 halokati: Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi mas’uliyatni ekipajga yukladi
Jahon | 11:03
Mavzuga oid

18:25 / 22.08.2024
Toshkentda sovuq suv o‘chiriladi

00:12 / 17.03.2021
Toshkentda jadval bo‘yicha sovuq suv o‘chiriladi

10:54 / 22.07.2020
Chilonzor tumani sobiq hokimi, «Suvsoz» rahbari Tohir Mirhidoyatov vafot etdi

20:10 / 02.07.2020