«Suvsoz» korxonasining xabar berişiça, Toşkentda 24 apreldan sovuq suv tariflari oşdi. Yangi narxlar poytaxt hokimiyati tomonidan 2 aprel kuni tasdiqlandi.

Toşkent şahar hokimining 2018 yil yanvardagi qaroriga binoan, içimlik suv ta'minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq miqdori iste'molçilar uçun - 100 söm 1 m.kub.dan olinadi.

Markazlaşgan issiq suv ta'minotiga ega köp qavatli uylarda 1 metr kub narxi endi 1050 sömni (hozirda — 850 söm), markazlaşgan issiq suv ta'minotisiz — 715 sömni (hozirda — 615 söm) taşkil etadi.

Xususiy sektor uylarida kanalizatsiya mavjud bölganda bir kub metr suv narxi 615 sömdan 715 sömga oşirildi, kanalizatsiyasiz - 380 söm.

Içki vodoprovod, rakovina, unitaz, vanna yoki mahalliy suv isitiş uskunalariga ega duş bölgan kanalizatsiyalangan uylarda bir kişiga hisoblagiçsiz tölaganda tarif aprel oyida 8933,22 sömdan 9083,15 sömga oşirildi, maydan esa 10116,43 sömni taşkil etadi.

Eslatib ötamiz, Toşkentda sovuq suv narxi 2018 yilda uç marotaba kötarilgan, xususan noyabr va dekabr oylarida ham narx oşirilgan edi.

Töldiriş: «Suvsoz» ayni vaqtda öz saytidan xabarni öçirib taşlagan, lekin bu xabardan skrinşot saqlab qolingan.

Foto: Zed News