«Suvsoz» davlat unitar korxonasi rahbari Tohir Mirhidoyatov vafot etdi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi xabar bermoqda.

Ma'lumotda «Suvsoz» rahbarining ölimiga nima sabab bölgani aytilmagan. Poytaxt hokimligi uning oila a'zolariga çuqur ta'ziya bildirgan.

Tohir Mirhidoyatov 1960 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Toşkent temir yöl muhandislari institutini 1982 yilda tamomlagan. 

2003—2012 yillarda «Suvsoz» Davlat unitar korxonasi boşqaruvçisi, 2012—2015 yillarda Quriliş va investitsiya dasturlari departamenti boşliği, 2015—2017 yillarda Toşkent şahar Çilonzor tumani hokimi lavozimlarida işlagan, «Toşkent agro zaxira xizmat» Davlat unitar korxonasi direktori bölgan.