O‘zbekiston | 08:47 / 04.05.2019
32828
2 daqiqa o‘qiladi

Shaharlarda qurilayotgan ko‘p kvartirali arzon uylar kimlarga sotiladi?

Foto: KUN.UZ

Qonunchilikka muvofiq, shaharlarda qurilayotgan ko‘p kvartirali arzon uylar yosh oilalar, eskirgan uy-joylarda yashayotganlar va fuqarolarning boshqa toifalariga sotiladi.

Adliya vazirligi telegram kanalida yozilishicha, arzon uy-joylarga fuqarolarni biriktirish quyidagi mezonlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi:

o‘z uy-joyining yo‘qligi va ijara (arenda), bepul foydalanish shartlarida turar joyda yoki eskirgan uylarda yashash;

bir uyda (bir kvartirada) boshqa oila yoki boshqa oilalar bilan birgalikda yashash;

ko‘p bolali oila;

ona (ota)ning to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalashi; 

ariza beruvchining oila a'zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslarning mavjudligi;

oila tarkibida birinchi guruh nogironi mavjudligi;

turar joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi;

tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutida tahsil olayotgan doktorantlar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid