Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada bolalar soni rekord darajada kamayib ketdi
Yaponiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni rekord darajada kamayib ketdi va 15,33 million nafarni tashkil etdi, deb ma'lum qildi mamlakat ichki ishlar vazirligi.
Joriy yilning aprel holatiga ko‘ra, Yaponiyada 15 yoshgacha bo‘lgan 7,85 million o‘g‘il bolalar va 7,48 million qiz bolalar bor. O‘tgan yilga solishtirganda, mamlakatda bolalar soni 180 ming nafarga kamaygan.
Yaponiyada bolalar sonining kamayishi 38 yildan buyon muntazam ravishda kuzatilmoqda. Mamlakatda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar aholining 12,1%ini tashkil etadi.
Jamiyatning qarishi, ya'ni mehnatga layoqatli yosh aholining kamayishi va pensionerlar sonining oshishi Yaponiyadagi jiddiy ijtimoiy muammo hisoblanadi.
Mavzuga oid
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026