Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonlik olti nafar ayol is gazidan zaharlandi
O‘zbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yil 4 maydan 5 mayga o‘tar kechasi Boshqirdiston Respublikasi Nurimonov tumanida olti nafar ayol is gazidan zaharlangan. Ularning barchasi – xususiy uyda yashaydigan va mahalliy agrofirmada ishlaydigan O‘zbekiston fuqarolaridir.
Buni Bosh konsulxonaga Boshqirdiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan va ularning barchasi Nurimonov tumani markaziy kasalxonasiga yotqizilganini ma'lum qilgan. Tashxis: is gazidan zaharlanishning o‘rtacha darajasi.
Sog‘liq uchun hech qanday xavfning yo‘qligi tufayli barcha zaharlangan ayollarga 6 may kuni ruxsat berish rejalashtirilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti eslatishicha, Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijyegorod oblasti, Orenburg oblasti, Penza oblasti, Perm o‘lkasi, Samara oblasti, Saratov oblasti, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov oblasti, Chuvashiya Respublikasi) hududidagi hamyurtlar zarur vaziyatlarda mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-967-772-66-00.
Mavzuga oid
14:10 / 24.02.2026
Bekobodda O‘zbekiston–Boshqirdiston texnoparki quriladi
09:17 / 08.02.2026
Ufada o‘smir xorijlik talabalar yashaydigan yotoqxonaga pichoq bilan hujum qildi
10:17 / 19.12.2025
Navoiyda ota va o‘g‘il is gazidan vafot etdi
14:57 / 15.12.2025