Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronalduning onasi o‘g‘lining mavjud bo‘lmagan yutug‘i bilan faxrlandi
Foto: Dave J Hogan/Dave J Hogan/Getty Images
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Dolores Aveyru o‘g‘lidan faxrlanib, kulgili xatoga yo‘l qo‘ydi.
Ronalduning onasi tvitterda o‘g‘lining surati va unga ilova qilingan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan matnga “chuv tushib”, o‘g‘lidan faxrlanishini yozgan. Suratga matnda “Yuventus” portugaliyalik futbolchining kelishigacha chuqur inqirozda bo‘lgani va aynan uning sa'y-harakatlari evaziga 20 yildan keyin chempion bo‘la olgani haqida yozilgan bo‘lgan.
Ronalduning onasi esa bu suratga “Mening faxrim, mening o‘g‘lim” deb izoh qoldirgan.
Meu orgulho, meu filho pic.twitter.com/aakxzZYMLY
— Dolores Aveiro (@DoloresAveiro) May 6, 2019
Vaholanki, Ronalduning “Yuventus”ga o‘tishigacha klub Italiya chempionatida qatorasiga 7 marta chempion bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan.
34 yoshli Ronaldu Turin klubiga 2018 yil yozida “Real”dan o‘tgan. U joriy mavsumda Italiya chempionatining 29 ta o‘yinida ishtirok etib, 21 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Mavzuga oid
01:15 / 29.12.2025
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
20:17 / 19.11.2025
Ronaldu Oq uyda mehmon bo‘ldi
22:26 / 16.10.2025
Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi
11:32 / 12.10.2025