Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda toliblar hujumi natijasida kamida 40 kishi halok bo‘ldi
Foto: AFP 2019 / Wakil Kohsar
Afg‘onistonning bir nechta viloyatida “Tolibon” harakati hujumlari oqibatida o‘tgan to‘rt kun ichida kamida 40 kishi halok bo‘ldi, 21 kishi jarohatlandi. Bu haqda Khaama Press agentligi xabar bermoqda.
"Oxirgi to‘rt kun ichida toliblar tinch aholi orasida qator qurbonlar bo‘lishiga sababchidir. Ular ichida ayollar va bolalar bor", - deyiladi agentlikning kuch tuzilmasidagi manbasiga tayanib bergan xabarida.
Khaama Press agentligining qayd etishicha, Xost viloyatida besh kishi, Bog‘lon viloyatida ham besh kishi qurbon bo‘lgan. G‘ilmind viloyatida to‘rt kishi va Nangarxor viloyatida olti kishi yaralangan.Faryob viloyatida uch kishi halok bo‘lgan, ikki kishi jarohatlangan. Hirotda esa yetti kishi halok bo‘lgan, yetti kishi jarohatlangan. G‘or viloyatida esa qurbonlar soni 20 kishini tashkil etgan.
Mavzuga oid
23:16 / 06.01.2026
O‘zbek tilining Afg‘onistonda qo‘llanishiga cheklov joriy etilmadi – TIV
08:55 / 30.12.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 390 tonna gumanitar yordam yetkazdi
21:38 / 27.12.2025
Afg‘oniston Tojikiston bilan chegaradagi voqealar bo‘yicha tekshiruv boshladi
13:38 / 26.12.2025