Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda olib qochilgan «Neksiya» ustaxonadan topildi
Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida shu yil 17 aprel kuni noma'lum shaxslar “Ko‘klam” mahallasi hududida joylashgan shu MFY idorasi binosi oldida qarovsiz qoldirilgan Mustaqillik ko‘chasida yashovchi 49 yoshli Sh.X.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinasini haydab qochganlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Denov tumani U.Hayyom ko‘chasida yashovchi 31 yoshli E.N., Olmazor ko‘chasida yashovchi 34 yoshli O.E. va “Obodon” mahallasida yashovchi Turkiston ko‘chasida joylashgan avtomashinalarni ta'mirlash ustaxonasi ishchisi 28 yoshli M.D.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Avtomashina texnik soz holda yuqoridagi ustaxonadan topilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
18:00 / 12.06.2026
Surxondaryoda uch yigit suvga cho‘kib o‘ldi
20:37 / 03.06.2026
Surxondaryoda tug‘ilgan to‘rt oyoqli chaqaloq murakkab jarrohlik amaliyotidan o‘tdi
14:58 / 12.05.2026