O‘zbekiston | 09:15 / 11.05.2019
4666
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston - Xitoy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

Foto: TIV axborot xizmati

2019 yilning 10 may kuni Toshkent shahrida konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha O‘zbekiston – Xitoy maslahatlashuvlarining ikkinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

Xitoy Xalq Respublikasi TIV Konsullik departamenti direktori Suy Aymin Xitoy delegatsiyasiga rahbarlik qildi, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Delegatsiyalar konsullik-huquqiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holatini, jumladan O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi Konsullik shartnomasini amalga oshirishning borishini, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari uchun viza olish jarayonlarini soddalashtirish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim loyihasini, O‘zbekistonda Xitoy viza markazini ochish istiqbollarini hamda bir-birlarining hududlarida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq boshqa masalalarni muhokama qildilar.

Maslahatlashuvlar chog‘ida konsullik-huquqiy sohadagi kelgusidagi hamkorlikning istiqbollari yuzasidan ham fikr almashilgan.

Mavzuga oid