Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fohishalikka yuborilayotgan ayollar to‘xtatib qolindi - IIV
Joriy yilning 9 may kuni Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tadbir olib borilgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Uning natijasida, Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi 34 yoshli U.Z. “Aziza” ismli jinoiy sherigi bilan til biriktirib, o‘zi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan viza va chipta asosida, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi 31 yoshli A.R. hamda Angren shahrida yashovchi 21 yoshli S.M.ni “G‘ishtko‘prik” chegara posti orqali Qozog‘iston Respublikasiga olib o‘tib, u yerdan Turkiyaning Istanbul shahriga shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun jo‘natib yuborayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 08.04.2026
Toshkent viloyatida 400 gektar maydonda xalqaro innovatsion tibbiyot shaharchasi barpo etiladi
19:24 / 07.04.2026
Toshkent viloyatida bolani uxlamagani uchun haqoratlab, urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
18:54 / 06.04.2026
Chegaradan ko‘p miqdordagi giyohvand moddalar olib kirilishiga chek qo‘yildi
07:51 / 02.04.2026