Jamiyat | 09:37 / 20.05.2019
7695
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda fuqaro 8 kilogramm marixuana bilan qo‘lga olindi

2019 yil 13 may kuni “Qoradori-2019” keng qamrovli tadbiri o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Uning davomida Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida “GAZ-53” rusumli yuk avtomashinasida yo‘lovchi sifatida o‘zi bilan 8 kg. 327 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasini olib ketayotgan Oltinko‘l mahallasida yashovchi 27 yoshli J.S. qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid