Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev xalq ta'limi vazirining yangi o‘rinbosarini tayinladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning 20 may kuni xalq ta'limi vaziri o‘rinbosarini tayinladi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Prezident qaroriga ko‘ra, Temurjon Komilov O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari lavozimini egalladi. U xalq ta'limi sohasida moliyaviy-iqtisodiy masalalarga mas'ul hisoblanadi.
Temurjon Komilov xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishi bo‘yicha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2004 yil bakalavriat va 2006 yili magistraturani tamomlagan. 2005-2017 yillarda davlat organlarida faoliyat yuritgan.
2017 yildan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida ishlab kelgan. 2018 yilda u Hisob palatasining Budjet tizimi budjetlari shakllantirilishi va xarajat qismi ijro etilishini nazorat qilish sho‘'basi bosh inspektori lavozimida ishlab kelgan.
Temurjon Komilov 2019 yil yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlangan Otabek Nazirovning o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
21:00 / 26.01.2023
Ta’limdagi ishlarimiz nega samarasiz bo‘lmoqda? - ekspertlar bilan intervyu
22:53 / 24.01.2023
Toshkent shahridagi yana 12 ta maktabda 25 yanvardan ta’lim jarayoni boshlanadi
18:44 / 15.01.2023
Qashqadaryoda xalq ta’limi bo‘limining uch nafar mansabdori qamoqqa olindi
07:02 / 13.10.2022