Xalq ta'limi vaziri örinbosari Otabek Nazirov yangi taşkil etilgan Özbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Özbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarori bilan taşkil etilgan yangi agentlikning asosiy vazifasi –mamlakatda qimmatli qoğozlar bozorini tartibga soliş.
Agentlik öz vakolatlarini mustaqil ravişda va barça davlat organlari, taşkilotlari, ularning mansabdor şaxslaridan mustaqil holda olib boradi hamda öz faoliyatida bevosita Özbekiston Respublikasi Boş vaziriga böysunadi va hisobot beradi.
Özbekiston hukumatida Otabek Nazirov Innovatsion rivojlaniş vaziri örinbosari sifatida faoliyatini 2018 yilning may oyidan boşlagandi. U Innovatsion rivojlaniş vazirligida monetar siyosat, bank tizimi, budjet siyosati, soliq tizimi, ijtimoiy xizmatlar, pensiya ta'minoti, qişloq va suv xöjaligini rivojlantiriş, şuningdek demografiya va aholi bandligini tadqiq etiş böyiça innovatsion yeçimlarni işlab çiqiş va amaliyotga tatbiq qiliş masalalari bilan şuğullandi.
Keyinçalik, Innovatsion rivojlaniş vazirligida birga işlagan hamkasbi, sobiq vazir örinbosari (ayni paytda Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov) bilan tandem hosil qilgan holda Xalq ta'limi vazirligiga ötkazilgandi.
Ma'lumot uçun, Otabek Anvaroviç Nazirov 1975 yili Toşkentda tuğilgan. AQŞning Nyu-York ştatidagi Stouni-Bruk Davlat Universitetida makroiqtisodiyotçi mutaxassisligini egallagan. U turli yillari AQŞning GOLDMAN SACHS GROUP, Moskvadagi TROYKA DIALOG va BANK MDM, Vaşingtondagi THE AVACENT GROUP hamda Nyu-Yorkdagi JP MORGAN CHASE kompaniyalarida ham faoliyat yuritgan.

















