Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh vazir Abdulla Aripov Yaponiya elchixonasiga bordi
2019 yilning 22 may kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkent shahridagi Yaponiya elchixonasiga tashrif buyurdi. Diplomatik vakolatxonada imperator Naruxitoning taxtga o‘tirishi munosabati bilan Qutlov kitobi ochildi.
O‘zbekiston hukumati rahbari do‘st yapon xalqini katta ahamiyatga ega voqea va «Reyva» yangi hukmronlik davrining boshlanishi bilan tabrikladi, imperator Naruxitoga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va hukmronlik davrining uzoq yillar davom etishini tiladi, deyiladi TIV xabarida.
O‘z navbatida, elchi Nobuaki Ito O‘zbekiston prezidenti va hukumatiga Yaponiya hayotidagi tarixiy voqea sababli yapon xalqiga yo‘llagan tabrik va iliq tilaklari uchun minnatdorchilik izhor etdi.
Mavzuga oid
22:52 / 22.05.2026
Yaponiyada 70 yillik xato tufayli allergik «portlash» yuz berdi
11:43 / 17.05.2026
Yaponiya ikki o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
15:48 / 14.05.2026
O‘zbekistonliklar Yaponiyaga vizani qanday olishi mumkin?
10:04 / 10.05.2026