Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turdimovning navbatdagi sayyor qabuli Samarqand tumanida o‘tkazildi - fotolar
Samarqand tumanida joylashgan viloyat salomatlikni tiklash shifoxonasi hududida viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

Erta tongda boshlangan qabul chog‘ida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, adolatni qaror toptirishga alohida e'tibor qaratildi.




Sayyor qabulga kelgan fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy va maishiy masalalarda qilingan turli murojaatlari diqqat bilan tinglanib, bu holatlarni masalaga daxldor viloyatdagi barcha davlat organlari, tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida chuqur tahlil qilgan holda bartaraf etish choralari ko‘rildi, muammolarini tegishli tarzda hal qilish yuzasidan topshiriqlar berildi va ijro muddati tayinlandi.





Ob-havoning biroz injiq kelganiga qaramasdan, sayyor qabul davomida 280 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi. Shu yerda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi, davlat xizmatlari agentligining ko‘chma xizmat avtobusi ham faoliyati yo‘lga qo‘yildi.



Viloyat hokimining navbatdagi sayyor qabuli Jomboy tumani aholisi uchun bo‘lib o‘tishi e'lon qilindi.
O‘z muxbirimiz.
Mavzuga oid
14:02 / 08.04.2026
“Qo‘lingni sindiraman”: Samarqandda o‘quvchilarga tahdid qilgan ona ustidan tekshiruv boshlandi
13:39 / 07.04.2026
Samarqandda «kar haydovchi tahqirlangani» haqidagi video sahnalashtirilgani ma’lum bo‘ldi
11:30 / 05.04.2026
Samarqand tramvayi - faqat nostalgiya emas, odamlarga nafi tegayotgan tizim
15:24 / 02.04.2026