Zelenskiyning iste'fosi talab qilingan petitsiya e'lon qilindi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning iste'fosi uchun petitsiya 25 mingdan ko‘proq ovoz to‘pladi. Petitsiya Zelenskiy saytida ro‘yxatga olingan.
To‘plangan ovoz prezident petitsiyani ko‘rib chiqishi uchun yetarlidir.
Petitsiya muallifining ta'kidlashicha, Ukrainaning yangi yetakchisi “aslida saylovchilarning 73 foiz qo‘llab-quvvatlovini olmagan”, odamlar unga amaldagi rahbariyatdan norozilik sifatida ovoz berishgan.
Petitsiyada ta'kidlanishicha, Zelenskiyning prezident sifatidagi ilk bayonotlari va harakatlari saylovchilari ixlosini qaytargan.
Petitsiya 22 may kuni paydo bo‘lgan, ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan ovozni to‘plashga 90 kun beriladi. Biroq petitsiya zaruriy 25 ming ovozni taxminan bir sutkada to‘plagan.
Avvalroq prezident shtabi vakili Denis Monastirskiy petitsiya yetarlicha ovoz to‘plasa, Zelenskiy unga o‘z munosabatini bildirishini aytgandi.
Mavzuga oid
23:25 / 03.10.2024
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga 280 dan ortiq nomzod ilgari surildi. Ular orasida Navalniy ham bor
10:30 / 28.09.2024
Tramp: Putin ham, Zelenskiy ham urushni tugatmoqchi
20:34 / 27.09.2024
Zelenskiy Nyu Yorkda Tramp bilan uchrashdi
17:43 / 27.09.2024