Jahon | 21:10 / 24.05.2019
8316
2 daqiqa o‘qiladi

Polshada O‘zbekistonning ikki fuqarosi avtohalokatga uchraganligi aytilmoqda 

Tashqi ishlar vazirligi konsullik-huquqiy departamenti O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi bergan ma'lumotlarga tayanib, ushbu davlatda O‘zbekistonning ikki fuqarosi avtohalokatga uchraganini bildirdi.

Ma'lumot berilishicha, 18 may kuni S-3 Polsha milliy trassasida Shchechin va Gojuv shaharlari o‘rtasida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida “Matiz” rusumidagi avtomobil yonib ketdi. Bir kishi voqea joyida halok bo‘lgan, ikkinchisi og‘ir kuyish jarohatlari bilan hushsiz holda Shchechin shahri kasalxonasiga olib kelingan.

“Tekshiruv olib borayotgan Piritsi shahri politsiyasidan olingan xabarga ko‘ra, ularning ikkalasi ham O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi mumkin. Dastlabki ma'lumotlarga binoan Mamadaliyev Shuhratjon Vahobovich vafot etgan, Lutfullayev Baxtiyor Erkin o‘g‘li kasalxonaga yotqizilgan”, deyiladi xabarda.

TIVning ma'lum qilishicha, elchixona Polsha hokimiyat organlari bilan aloqa o‘rnatgan va muammolarni tezkor hal qilishda ko‘maklashish uchun vaziyatni nazoratda ushlab turibdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid