Light | 14:24 / 25.05.2019
9345
3 daqiqa o‘qiladi

Besh daqiqada bajarish mumkin bo‘lgan foydali ishlar

Ishlardan chalg‘ib, biroz hordiq chiqarishni istaysizmi? Bugun 5 daqiqa bo‘sh vaqtni foydali o‘tkazish haqida suhbatlashamiz. Muhim qo‘ng‘iroqni kutayotganda yoki biroz tanaffus qilishni istaganda nima bilan shug‘ullanishga ulgurish mumkin?

Kontrast dush

Foto: Pixabay

Bir ishdan boshqasiga o‘tishni istadingiz yoki charchoqni his etdingiz. Besh daqiqa ichida o‘zingizga yordam berishingiz mumkin. Buning uchun bor-yo‘q zarur narsa – tetiklantiruvchi dush. Suv tetiklik beradi va qayta sozlanishda ko‘mak ko‘rsatadi. Kontrast dush kayfiyatni ko‘tarib, kuch berishi aniq.

Idishlarni yuving

Foto: Pixabay

Uydasiz va biroz bo‘sh vaqtingiz bor. Besh daqiqani qulaylik uchun foydali tarzda o‘tkazishingiz mumkin. Masalan, finjonlarni qahva qoldig‘idan tozalang. Buning uchun besh daqiqadan kam vaqt ketadi. Vaqt ham qisqaradi, kerakli ish ham bajariladi.

Ish stolini tartibga soling

Foto: Pixabay

Besh daqiqali tanaffus vaqtida tezda bajarish mumkin bo‘lgan yana bir mashg‘ulot.

Tezkor sport

Foto: Pixabay

Besh daqiqa davomida planka turish, bir necha marta o‘tirib turish va buralish mashqlarini bajarishingiz mumkin. Ularning qay biri ko‘nglingizga mos keladi? Muhimi, tanaffusni samarali o‘tkazish, o‘zingizdan minnatdor bo‘lish va organizmga foyda keltirish. Bundan tashqari, har kuni tashkillashtirilgan besh daqiqali sport mashg‘ulotlari qanday samarali ekaniga hayron qolasiz.

Tinchlanish

Foto: Pixabay

Tinchlanish – tanaffusni to‘ldirish yoki ish jarayonidagi kutish vaqtini o‘tkazishning yana bir usuli.  Bunday vaqtlarda sevimli musiqa yoningizda bo‘lgani ma'qul. Yotishingiz va oyoqlarni balandga ko‘tarishingiz mumkin – bu usul oyoq va tomirlar uchun foydali.

Uydagi sevimli kishilarga e'tibor bering

Foto: Pixabay

Uydagi yaqinlaringiz bilan tez-tez muloqotda bo‘lasizmi? Axir bu nafaqat ular, balki siz uchun ham juda muhim.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid