Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamoliddin Karimovich Aloydinov Namangan viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U viloyat hokimining 2019 yil 10 maydagi 352-sonli qaroriga asosan mazkur vazifada ish boshladi.
Namangan24 xabariga ko‘ra, Jamoliddin Aloydinov ushbu lavozimda hozirgacha ishlab kelayotgan Sanjar Inbarovich Qulmurodovning o‘rnini egalladi.
Ma'lumot o‘rnida, Jamoliddin Aloydinov 1983 yil 15 mart kuni Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2003 yili O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - tarix fani o‘qituvchisi.
Mehnat faoliyatini 2003 yilda Buxoro shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida o‘qituvchilikdan boshlagan. U 2006 yildan hozirgi vaqtga qadar Namangan viloyatidagi harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchi sifatida mas'ul vazifalarda faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Mavzuga oid
08:22
Farg‘ona va Namanganda yer uchun pora olgan hokim yordamchilari ushlandi
14:29 / 02.12.2025
Yaponiya Namanganda robot-assistent xirurgiyasini joriy etadi
20:22 / 30.11.2025
Namanganda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi
11:03 / 20.11.2025