Jamiyat | 11:19 / 25.05.2019
6705
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda quyonchilik genetika markazini tashkil etish istiqbollari

Joriy yilning 23 may kuni “Mikrokreditbank” ATB va O‘zbekistonning Italiyadagi echixonasi ko‘magi bilan O‘zbekiston quyonchilik agrofirmalari vakillarining Italiya quyon yetishtiruvchilar uyushmasi (ANCI) genetika markaziga tashrifi uyushtirildi.

Tashrifdan asosiy maqsad O‘zbekistonda quyonchilik genetika markazlarini tashkil etish, markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yishda e'tiborga olinishi zarur bo‘lgan jihatlar yuzasidan fikr almashish hisoblanadi. Tashrif davomida Italiyaning genetika markazi rahbariyati bilan uchrashuv va muzokaralar olib borildi.

O‘zbekistonda genetika markazi tashkil etishda Italiya genetika markazi mutaxassislarini taklif qilish, ularning bu sohadagi tajribalarini tatbiq etish orqali mamlakatda quyonchilik sanoatining klaster uslubini shakllantirishga zamin yaratish ko‘zda tutilgan.

Muzokaralarda O‘zbekiston agrofirmalari vakillari Italiya genetika markazi bilan bevosita hamkorlik olib borishi, ushbu tashrif yakunida 500 bosh zotli quyon xarid qilish va O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha dastlabki shartnomalar imzolandi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid