Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi maydonlardan biriga Iogann Volfgang Gyote nomi beriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Mashhur nemis yozuvchisi, faylasufi va davlat arbobi Iogann Volfgang Gyote tavalludining 270 yilligiga Toshkentning Gyote instituti filiali joylashgan maydon (skver)ga uning nomini berish to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.
Geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha shahar komissiyasining mashhur nemis yozuvchisi, faylasufi va davlat arbobi Iogann Volfgang Gyote tavalludining 270 yilligiga Toshkentning Gyote instituti filiali joylashgan maydon (skver)ga uning nomini berish haqidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.
Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (G‘.Rasulov), Obodonlashtirish bosh boshqarmasi (A.Rizashov), Ichki ishlar bosh boshqarmasi (R.Jo‘rayev), Yunusobod tuman hokimligi (R.Usmonov), hokimlik tizimidagi boshqarma, tashkilot va muassasalar maydon (skver)ning yangi nom berilishi munosabati bilan tegishli ishlarni amalga oshirish yuzasidan belgilangan tartibda zarur choralarni ko‘radi hamda hujjatlarga o‘zgartirishlarni kiritadi.
Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatiladi.
Mavzuga oid
15:47
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
12:29
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026