Jizzaxda uchta mashina ishtirokida YTH yuz berdi
Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida joriy yil 22 may kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanida yashovchi 33 yoshli A.J. o‘ziga biriktirilgan “Damas” rusumli avtomashinasini “Toshkent-Termiz” yo‘lining 969-km.da boshqarib ketayotib, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan, 23 yoshli B.A. boshqaruvidagi “Volvo” rusumli yuk avtomashinasi chap yon qismiga urilib to‘xtagan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu vaqtda “Volvo” rusumli yuk avtomashinasining orqasidan harakatlanib kelayotgan, 34 yoshli A.Yu. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina “Volvo” yuk avtomashinasining orqa tomoniga kelib urilgan.
Natijada “Neksiya” avtomashinasi yo‘lovchisi 24 yoshli I.U. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:48 / 19.09.2024
Jizzaxda boshqaruvni yo‘qotgan “Lasetti” pastlikka ag‘darildi
19:02 / 09.09.2024
Qashqadaryo va Jizzaxda pora olgan ekologiya va qurilish mutaxassislari ushlandi
09:25 / 05.09.2024
Jizzaxda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
14:14 / 26.08.2024