Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya AQShdan yuzdan ortiq F-35 samolyotini sotib olishini tasdiqladi
Yaponiya AQShdan 105 dona beshinchi avlod F-35 jangovar samolyotlarini sotib oladi. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Tokioda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
"Yaponiya 2018 yilda Amerika qurollarini sotib olgan eng yirik xaridorlardan biri bo‘ldi. Hozir esa 105 dona yangi F-35 sotib olishini bildirdi", - dedi Tramp.
F-35 - "stels" texnologiyasi qo‘llanilgan holda ishlab chiqarilgan va yadroviy qurolni tashiy olishga qodir samolyot hisoblanadi. Mazkur samolyot loyihasini yaratishda AQSh bilan birga sakkiz davlat: Avstraliya, Buyuk Britaniya, Daniya, Italiya, Kanada, Niderlandiya, Norvegiya va Turkiya ishtirok etgan.
Yaponiya mudofaa kuchlari hozirda 13 dona ana shunday samolyotga ega. Avvalroq Yaponiya AQShdan yuzdan ortiq F-35 samolyoti sotib olishi haqida xabarlar chiqqandi.
Mavzuga oid
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026