Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya besh yil davomida Tojikistonga 122 million dollarlik qurol berdi
Rossiya besh yil davomida Tojikiston qurolli kuchlariga 122 million dollarlik qurol va harbiy texnika berdi. Bu haqda harbiy xavfsizlik va qurollanish ustidan nazorat masalalari bo‘yicha Venada bo‘lib o‘tayotgan muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi rahbari vazifasini bajaruvchi Andrey Vorobyov ma'lum qildi.
"2014 yildan buyon Tojikiston qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish dasturining birinchi bosqichi amalga oshirilmoqda. Rossiya tomoni vertolyot texnikasi, zirhli texnika, artilleriya, o‘qotar qurollar va o‘q-dorilar yetkazib beradi. Shu kungacha 122 million dollarlik qurol-aslaha yetkazib berildi", - dedi Vorobyov YeXHT forumi yig‘ilishida.
Bundan tashqari, Rossiya mudofaa vazirligi oliy o‘quv yurtlarida 500dan ortiq tojik harbiy xizmatchilari tahsil olmoqda.
Tojikiston Rossiya va Afg‘oniston o‘rtasidagi bufer hududning muhim mamlakatlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026