O‘zbekiston | 18:14 / 30.05.2019
7556
1 daqiqa o‘qiladi

IIV Akademiyasidagi ta'lim mutaxassisliklari ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritildi

Foto: IIV Akademiyasi

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasidagi ta'lim mutaxassisliklari ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, endilikda akademiyada Jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati bo‘yicha oliy ma'lumotli yurist kadrlar tayyorlanadi.

Shuningdek, qaror bilan kasbiy tayyorgarlik fakultetida Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati tashkil etildi. 

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Akademiyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma'lumotli yurist kadrlar tayyorlanmoqda:

tergov faoliyati;
tezkor-qidiruv faoliyati;
huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati;
ekspert-kriminalistik faoliyat;
yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash faoliyati;
xizmat faoliyatini psixologik ta'minlash;
jinoyatlarni oldini olish va fosh etish faoliyati.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid