Light | 22:03 / 31.05.2019
14420
2 daqiqa o‘qiladi

Begemotlar regbi o‘yini vaqtida maydonga bostirib keldi (video)

Janubiy Afrika Respublikasining Tsanin shahrida o‘tgan regbi uchrashuvini begemotlarning maydonga bostirib kelishi sababli to‘xtatishga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Far North Bulletin mahalliy nashri xabar berdi. 

Ikki mahalliy jamoaning o‘yini Letaba Rugby Club maydonida o‘tgan.

O‘yin vaqtida begemotlar maydonga chiqib, u yerdagi maysani yeyishga tushib ketgan.

Nashr rahbari Jo Dreyyerning fikricha, bunday ko‘p begemotlarning yopirilib kelishiga stadion yaqinida Letaba daryosi joylashgani sabab hisoblanadi.

Ta'kidlanishicha, JARning shimolidagi Sent-Lyusha shaharchasi ko‘chalarida begemotlarni uchratish oddiy hol hisoblanadi. Gap shundaki, shaharcha yaqinida Isimangaliso qo‘riqxonasi joylashgan bo‘lib, u yerda ko‘plab begemotlar yashaydi. Shaharni “gippopotamlar shahri” deb ham atashadi va u yerda ko‘chalarda “Gippopotamlardan saqlaning” degan ogohlantiruvchi belgini ham uchratish mumkin.

Mavzuga oid