Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy sayyohlar O‘zbekistonda qancha xarajat qiladi?
O‘zbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar tashrifi davomida o‘rtacha hisobda 709 dollargacha xarajat qiladi. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, mamlakatga tashrif buyuradigan chet ellik sayyohlarning o‘rtacha xarajatlarini hisoblash maqsadida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti, Toshkent markaziy temiryo‘l vokzali, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarining asosiy chegara bojxona postlarida tanlanma kuzatuv tashkil etildi.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, bir nafar sayyohning tashrif davomidagi xarajati ko‘ratkichi 60 dollardan 709 dollargacha bo‘lishi mumkin. Bu ko‘rsatkich turli davlatlardan kelgan mehmonlar uchun farqlanadi. Xususan, eng past ko‘rsatkich Tojikistonga (60,4 dollar), eng yuqori ko‘rsatkich esa uzoq xorijiy davlatlarga (709,4 dollar) to‘g‘ri kelmoqda. Qirg‘izistondan kelganlar 99,3 dollar, Qozog‘istondan tashrif buyurganlar 158,3 dollar, Turkmanistondan kelganlar 104,6 dollar, boshqa MDH mamlakatlaridan bo‘lgan sayyohlar esa o‘rtacha 635,6 dollar xarajat qiladi.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
11:00 / 10.06.2026
O‘zbekiston sayyohlar oqimi o‘sishi bo‘yicha dunyo yetakchilari qatoriga kirdi
18:31 / 09.06.2026