Jamiyat | 10:45 / 01.06.2019
5678
1 daqiqa o‘qiladi

Do‘konni tunagan o‘g‘rilar ushlandi

Foto: KUN.UZ

2019 yil 23 may kuni Buxoro tumani Shergiron MFYda yashovchi 22 yoshli Sh.Q. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 5 mayga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar o‘ziga tegishli do‘kon eshigini buzib kirib, u yerdan 5 mln. so‘m pullari, umumiy qiymati 2 mln. so‘mlik turli xildagi tamaki va oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlab ketganliklarini ma'lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qorako‘l tumani Tinchlik mahallasida yashovchilar 37 yoshli S.X., 39 yoshli M.R. va Navbahor mahallasida yashovchi 33 yoshli Sh.P.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.    

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid