Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax viloyatida tibbiyot klasteri tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi binosida «Vamed Engineering GmbH» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida kompaniya va Agentlik o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi. Bu haqda LBMA axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lumot uchun: «Vamed Engineering GmbH» (Germaniya) kompaniyasi 1982 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va dunyoning 90 mamlakatlarida 900 dan ortiq loyiha, shu jumladan, 25 ta DXSh modellarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Kompaniya g‘oyadan boshqaruvga qadar loyihalarni kompleks amalga oshiradi, shuningdek, tibbiyot markazlari xodimlari uchun treninglar o‘tkazadi.
Memorandum Jizzax viloyatida respublikaning markaziy, g‘arbiy va janubiy hududlarida yashovchi aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, shuningdek qo‘shni mamlakatlarga tibbiy turizmni eksport qilishga yo‘naltirilgan tibbiyot klasterini loyihalashtirish va qurish uchun texnik topshiriqni birgalikda ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Uchrashuvda Jizzax viloyatidagi tibbiyot va tibbiyot-turizm klasterlari loyihalari bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi, shuningdek loyiha bo‘yicha ishlarning bosqichlari belgilab olindi. Bundan tashqari, «Vamed Engineering GmbH» kompaniyasi vakillari Yevropa va Osiyo mamlakatlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan loyihalarni namoyish etdilar.
Uchrashuv natijalari bo‘yicha tomonlar loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid
08:47 / 16.05.2026
Koreyaga ishchi vizasi olib berish bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi
09:44 / 19.04.2026
Jizzax viloyatida avtobus YTHga uchradi
16:30 / 30.03.2026
Jizzaxda simyog‘och qulashi oqibatida uch qoramol nobud bo‘ldi
08:53 / 18.03.2026