Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «ancha kuchli iqtisodiy o‘sish» kutilmoqda - Jahon banki
Jahon bankining «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari: keskinlikning o‘sishi, investitsiyalar pasayishi» hisobotiga ko‘ra, bu yil Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotlari o‘sish sur'atlari to‘rt yil ichidagi eng past darajaga tushadi - 1,6%.
Jahon bankining global iqtisodiyot istiqbollari bo‘yicha departamenti bosh iqtisodchisi Yekaterina Vashakmadzening xabar berishicha, «yirik xomashyo eksportchilari bo‘lgan» Turkmaniston va O‘zbekistonda «ancha kuchli iqtisodiy o‘sish» kutilmoqda.
«Turkmanistonda 2019 yilda 5,6%, O‘zbekistonda esa 5,3% darajasida. Tojikistonda iqtisodiy o‘sish ham ancha kuchli - 6 foiz darajasida. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan kam (7,3 foiz)», - dedi ekspert.
«Bu bosqichda hamma narsa juda yaxshi bo‘lib ko‘rinmoqda. Ammo potensial xavf mavjud. Bizning fikrcha, ular ro‘y berishi ehtimoli yuqori. Bu holatda, tabiiyki, prognozlar qayta ko‘rib chiqiladi», - deya aniqlik kiritdi Vashakmadze.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon banki jiddiy keskinliklar xavfi ostida global iqtisodiyot o‘sishining pasayishini taxmin qilgandi. Xatarlar orasida savdo to‘siqlari, 2018 yilda ko‘plab iqtisodiyotlarga ta'sir ko‘rsatgan moliyaviy keskinliklar qaytarilishi ehtimoli, shuningdek, AQSh, Yevrohudud va Xitoy iqtisodiyotida kutilganidan ham kuchliroq pasayish bor.
Mavzuga oid
10:35 / 10.07.2026
Jahon banki O‘zbekiston uchun eng istiqbolli uch sohani sanadi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
08:43 / 06.07.2026
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari reytingi e’lon qilindi
21:16 / 29.06.2026