Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Rossiya oldida "emaklamaslik" kerakligini aytdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatdagi neftni qayta ishlash zavodlari Rossiyadan yetkazilgan sifatsiz neft uchun kompensatsiya to‘lanishi masalasini ishbilarmonlarcha hal qilishlari kerakligini aytdi.
"Qichqirish, hujum qilish kabilarni keragi yo‘q, ammo o‘z manfaatlarini himoya qilish lozim. Lekin emaklamaslik kerak. O‘tirib, ishbilarmonlarcha hal qilish kerak", - deya Lukashenkodan iqtibos keltiradi Sputnik Belarus.
19 aprel kuni «Belneftexim» konserni «Drujba» neft quvuri orqali Rossiyadan keladigan neft sifati keskin yomonlashganini ma'lum qilgandi. Natijada Belarus va qator davlatlar Rossiya neftini tranzit qilish va qayta ishlashni to‘xtatdi.
Aleksandr Lukashenko «Drujba» neft quvuri orqali kelgan iflos neftdan mamlakatdagi korxonalar yuzlab million dollar zarar ko‘rganligini aytdi.
Mavzuga oid
10:05 / 10.07.2026
Lukashenko: O‘zbek oilalarini Belarusda ko‘rishni istaymiz
18:21 / 09.07.2026
Mirziyoyev va Lukashenko muzokaralar yakunlarini sarhisob qildi
16:49 / 09.07.2026
O‘zbekiston va Belarus munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
14:43 / 09.07.2026