Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiqda o‘zaro janjal oqibatida bir kishi vafot etdi
2019 yil 2 iyun kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahri 10-kichik tumani hududida joylashgan savdo do‘koni oldida Chirchiq shahrida yashagan 48 yoshli D.Sh. shu kichik tumanda yashovchi 54 yoshli I.M. bilan o‘zaro janjal oqibatida boshi bilan yerga yiqilib jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganligiga qaramay olgan tan jarohati sababli shifoxonada vafot etgan. I.M. ushlangan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:24 / 13.07.2026
Bo‘stonliqda Chirchiq daryosi o‘rtasida qolgan fuqaro qutqarildi
09:55 / 27.06.2026
Chirchiqda kanalga tushib ketgan fuqaro qutqarib qolindi
08:58 / 20.06.2026
Chirchiqdagi kanalda hushsiz holatdagi fuqaro qutqarildi
13:30 / 16.06.2026