Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika janubiy chegarada gvardiya qo‘shinlarini joylashtirishni boshladi
Meksika Markaziy Amerika mamlakatlaridan noqonuniy migratsiya oqimiga qarshi kurashish uchun janubiy chegarada milliy gvardiya qo‘shinlarini joylashtirishni boshladi, deb ma'lum qildi mamlakat tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrard.
Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus komissiya tuzilgan bo‘lib, uning tarkibiga tashqi va ichki ishlar hamda ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha idoralar vakillari kirgan.
Meksika Salvador, Gvatemala va Gonduras hukumatlari bilan hamkorlikda Markaziy Amerika mamlakatlaridan kelgan migrantlarni ro‘yxatga olish va ularga yordam berishni ko‘zlamoqda.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp agarda Meksika noqonuniy migrantlarga qarshi chora ko‘rmasa, unga nisbatan sanksiyalar kiritilishini aytgandi.
Mavzuga oid
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:45 / 12.06.2026