Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada elektromobillar shovqin chiqarishi majburiy qilinadi
1 iyuldan Yevropa Ittifoqida elektromobillarning harakatlanishi vaqtida shovqin chiqarishga majburlovchi qonun kuchga kiradi. Bu chora velosipedchilar va piyodalarni xavfdan saqlashga qaratilgan.
Hozirda elektromobillar 20 km/soat tezlikda deyarli shovqinsiz harakatlanadi, chunki ularda ichki yonuv dvigateli yo‘q.
Britaniyaning ko‘zi ojizlarga yordam ko‘rsatuvchi uyushmasi ma'lumotlariga ko‘ra, piyodalar an'anaviy avtomobillardan ko‘ra 40 foiz ko‘proq holatda elektromobillar g‘ildiraklari ostiga tushadilar.
Endi Yevropa Ittifoqida sotiladigan elektromobillarga maxsus ogohlantiruvchi tizimlar o‘rnatila boshlanadi. Elektromobil chiqaradigan tovush esa tezlikka bog‘liq holda o‘zgarishi lozim: tezlik yuqori bo‘lgan sari tovush ham balandroq bo‘lishi kerak. Tovushning balandligi 56 detsibelni tashkil qilishi taxmin qilinmoqda.
Bunda ichki yonuv dvigateliga o‘xshash tovush chiqarilishi shart emas. Ba'zi ishlab chiqaruvchilar “samoviy kema tovushlari”ga o‘xshash ogohlantiruvchi signallarni taqdim qilishgan.
Mavzuga oid
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
09:45 / 18.06.2026
Yevropa Ittifoqi noqonuniy migrantlarga qarshi choralarni kuchaytirmoqda
11:05 / 16.06.2026
Kallas: g‘arb sanksiyalari Rossiyaga 1,3 trln yevroga tushdi
19:45 / 13.06.2026