O‘zbekiston | 11:30 / 14.06.2019
22843
2 daqiqa o‘qiladi

Adliya vazirligi raddiya berdi: abituriyentlardan hech qanday qo‘shimcha to‘lov olinmaydi

Adliya vazirligi bu yildan joriy etilgan, ayrim toifadagi abituriyentlardan OTMga hujjat topshirishda olinadigan EKIHning 50 foizi miqdoridagi to‘lovdan tashqari yana EKIHning 50 foizi miqorida to‘lov borligi haqida xabarga munosabat bildirdi.

«Davlat xizmatlari markazlari orqali hujjatlarni qabul qilganlik uchun qo‘shimcha to‘lov yo‘q. faqat bitta to‘lov qilinadi. Faqatgina bitta to‘lov – eng kam oylik ish haqining 50 foizi, DTMga test topshirganlik uchun undiriladi, tamom»,- deyiladi Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabarida.

Davlat xizmatlari agentligi ham Davlat xizmatlari markazlari orqali belgilangan Oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirganlik uchun,shuningdek davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun to‘lov undirilmasligini ma'lum qilgan.

Bundan avvalroq huquqshunos va bloger Xushnud Xudayberdiyev ikkinchi marta hujjat topshirayotgan abituriyentlarning bir qismi - bu yil Davlat xizmatlari markazlari orqali Toshkent davlat yuridik universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Farg‘ona davlat universiteti va Samarqand davlat universitetiga hujjat topshiradiganlar ikki marta to‘lov qilishi haqida post qoldirgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid