Vazirlar Mahkamasining 7 iyun kungi 468-sonli qarori asosida Oliy ta'lim muassasalariga öqişga kiriş uçun hujjatlarni qabul qiliş böyiça davlat xizmatlarini körsatişning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.
Unga köra, ayrim OTMlarga (ularning soni 5ta) hujjat topşiriş Davlat xizmatlari markazi va Yagona portal orqali amalga oşiriladigan böldi.
Huquqşunos va bloger Xuşnudbek Xudayberdiyev mazkur qarorda köpçilik e'tibor qilmaydigan «bir ayyorlik ötib ketgani» haqida yozdi.
«Qarorning 11-bandida avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlardan hujjat qabul qilişda EKIHning yarim baravari (101365 söm) miqdorida tölov undirilişi belgilangan.
Şu bandning özida mazkur tölovlar Davlat test markazi faoliyatini rivojlantiriş jamğarmasiga yönaltirilişi aytilgan. Ha, bu yangilik emas, bu haqida avvalroq PQ-4319-sonli Prezident qarorida ham aytilgan edi.
Bir qaraşda hammasi joyidadek. Ammo qarorga ilova qilingan Reglamentda abituriyentlarni syurpriz kutib turibdi.
Reglamentning 11-bandida davlat xizmati körsatilgani uçun avvalgi yilda tugatgan abituriyentlardan EKIH 50 foizi (101 ming 365 söm) miqdorida tölov olinişi belgilangan.
Bu pulning 50 foizi Adliya vazirligi huzuridagi jamğarmaga, 10 foizi Içki işlar vazirligining jamğarmasiga, qolgan mablağlar davlat budjetiga ötkazilişi ta'kidlangan.

Nima bölganini tuşundingizmi? Demak, bundan çiqdi, TDYuU, QDU, SamDU, FarDU va GulDUga hujjat topşirmoqçi bölgan hamda öqişni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlar 2 marta tölov qiladi:
1) DTM jamğarmasiga ötadigan 101 ming söm;











