Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyo‘lda o‘z uyida kannabis yetishtirayotgan shaxs aniqlandi
Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan viloyat ichki ishlar idoralari xodimlari bilan hamkorlikda narkotik moddalarning yashirin savdosi fosh etildi.
Xatirchi tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro X.F 1,2 gr. «marixuana»ni pullashga uringan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu fuqaroning yashash xonadoni ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqada 1 tup «kannabis» giyohvandlik o‘simligi parvarishlanayotgani fosh bo‘ldi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari esa Yangiyo‘l tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro P.A.ning xonadonida ham giyohvand o‘simliklar yetishtirilayotganini fosh qilishdi.

«Xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilsh davomida bu yerda 6 tup kannabis parvarishlanayotgani, shuningdek, yotoqxonadagi javonda ham 4,5 gr. «kannabis» urug‘lari borligi aniqlandi», deyiladi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
22:36 / 08.01.2026
Yangiyo‘lda go‘shti uchun itini o‘ldirgan fuqaro ushlandi
14:54 / 25.10.2025
“Gul deb o‘ylabman” – Urgutda tomorqasida 229 tup kannabis yetishtirgan ayol ozodlikdan mahrum qilindi
10:20 / 15.09.2025
Yangiyo‘ldagi to‘yxonada mushtlashuv uyushtirganlar ushlandi
11:54 / 12.09.2025