AQSh Yaqin Sharqqa ming harbiy jo‘natishini e'lon qildi
AQSh Yaqin Sharq mintaqasiga qo‘shimcha ming harbiyni jo‘natadi. Bu haqda Pentagon rahbari lavozimini bajaruvchi Patrik Shanaxan bayonotida aytilgan.
Shanaxanning ta'kidlashicha, bu harakatlar Eronga qarshi qaratilmay, balki AQSh va uning ittifoqdoshlari xavfsizligiga javob beradi.
“Eronning yaqindagi hujumlari biz tomondan Eron kuchlari va ularning ishonchli shaxslari AQShning butun mintaqadagi personali va manfaatlariga xavf solayotgani haqidagi ma'lumotlarni tasdiqlaydi”, deb ta'kidlab o‘tgan Shanaxan.
Avvalroq Ummon ko‘rfazida ikkita neft tankeri hujumga uchragandi. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, ularga torpedolar bilan zarba berilgan. Biroq voqeaga aynan shu sabab bo‘lganining rasmiy tasdig‘i yo‘q.
AQSh esa bunda Eronni ayblamoqda. Tehronda esa bu ayblovlar asossiz ekanligi aytib kelinmoqda.
Mavzuga oid
11:00
AQShda ColdRiver hakerlarining 100 dan ortiq domeni bloklandi
08:20
AQSh va Isroil TsAHALning Erondagi ehtimoliy nishonlarini muhokama qilmoqda
20:58 / 03.10.2024
O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotganidan chuqur xavotirda - TIV
16:57 / 03.10.2024