Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Zelenskiy bilan uchrashuv vaqtida Merkelni qaltiroq tutib qoldi
Germaniya kansleri Angela Merkel Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv vaqtida o‘zini juda yomon his qildi. Ushbu holat tasvirlagan lavhani ReN TV namoyish etdi.
Kadrda ikki davlat rahbarlari qizil gilamda turishgani aks etgan. Kutilmaganda Merkel qaltiray boshlaydi, qo‘llari holatini bir necha marta o‘zgartiradi. Zelenskiy bo‘lib o‘tayotgan voqeaga hech qanday munosabat bildirmaydi.
Kanslerning o‘zini yomon his qilishiga issiq harorat sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin: seshanba kuni Berlinda havo harorati 30 darajaga yetdi.
Ukraina prezidenti Germaniyaga bir kunlik tashrif bilan keldi. U Germaniya kansleri bilan Donbassdagi nizoni to‘xtatish va iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.
Mavzuga oid
11:00 / 03.11.2025
Zelenskiy Germaniyaga Patriot majmualari uchun minnatdorlik bildirdi
10:49 / 25.10.2025
Zelenskiy: RF neft sektoriga bosimni kengaytirish kerak
08:23 / 25.10.2025
Dmitriyev: Zelenskiy urushni tugatish sari katta qadam qo‘ydi
13:35 / 24.10.2025