Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2,3 milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijda ishlamoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbari va mutasaddilari ishtirokida «O‘zbekistondagi mehnat bozori holati, majburiy mehnat va mehnat migratsiyasi tizimi» mavzusidagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar qiladi.
Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev boshchiligidagi mutasaddilar hamda mas'ul lavozimdagi boshqa xodimlar ishtirok etdi.
Anjuman mehnat bozorining bugungi holati, majburiy va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik, tashqi mehnat migratsiyasi, Koreya bo‘yicha yangi tanlov tizimi, EPC Topic testi kabi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan.
Tadbirda taqdim etilgan raqamlarga e'tibor bersak, hozirgi kunda mehnatga layoqatli aholi soni 19 millionga yaqin bo‘lsa, band aholi soni 13 milliondan ziyod. Ularning 5 milliondan oshig‘i rasmiy sektorda, 8 millionga yaqini norasmiy sektorda band. Xorijda ishlayotganlar soni esa 2 million 300 mingdan ziyodni tashkil etadi.
Mavzuga oid
20:56 / 04.12.2025
Janubiy Koreya noqonuniy migrantlarning ixtiyoriy ravishda chiqib ketishi uchun 90 kunlik dastur e’lon qildi
18:37 / 01.12.2025
Rossiyada 1 dekabrdan chegarani kesib o‘tgan xorijliklardan biometriya yig‘ish boshlandi
10:27 / 29.11.2025
AQShdagi o‘zbekistonlik haydovchilar kuchaytirilgan migratsiya reydlari haqida ogohlantirildi
23:31 / 28.11.2025