Jahon | 15:40 / 20.06.2019
11849
2 daqiqa o‘qiladi

Alsgeymer kasalligining asosiy xatarli omillari ma'lum qilindi

Foto: DPA

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari Alsgeymer kasalligining asosiy xatarli omillarini ma'lum qilishdi, deya xabar bermoqda vokrugsveta.ru sayti.

Alsgeymer kasalligi paydo bo‘lishi sabablari haqida bir necha gipotezalar mavjud. Ulardan eng keng tarqalgani – demensiya shakllari. Kasallikning o‘ziga xosligi miya to‘qimalarida amiloid toshma va neyrofibrillyar parchalarning to‘planishi sanaladi. Biroq bu o‘zgarishlarga nima sabab bo‘lishi hali ham aniq emas. Odam irsiy shartlarni o‘zgartira olmaydi, biroq kasallik profilaktikasi uchun odatlarni o‘zgartirishi mumkin.

JSST Alsgeymer kasalligini yuzaga keltiradigan 12 ta omilni aytishdi. Neyrodegenerativ kasalliklarga bag‘ishlangan ko‘p yillik tadqiqotlarni tahlil qilib, olimlar jismoniy faollikning mavjud emasligi, nosog‘lom ovqatlanish va alkogolni juda ko‘p iste'mol qilish Alsgeymer kabi kasalliklar xavfini oshiradi degan xulosaga kelishdi.

Kognitiv buzilishlar boshqa kasalliklar va salomatlik holatlari fonida ham rivojlanishi mumkin: diabet, yuqori qon bosimi, xolesterinning yuqori darajasi va semizlik. Sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari Alsgeymer kasalligining eshitish qobiliyatini yo‘qotish va depressiya bilan aloqasi haqida ham ogohlantirishmoqda. Bundan tashqari, ijtimoiy izolyatsiya va aqliy harakatsizlik ham kasallik rivojlanishini chaqirishi mumkin.

Mavzuga oid