Tanzila Norboyeva Senat raisi bo‘ldi
Xotin-qizlar qo‘mitasining sobiq raisi Tanzila Kamalovna Norboyeva Senatning yangi raisi sifatida tasdiqlandi. Bu haqda Senatning 20-yalpi majlisi vaqtida ma'lum qilindi.
Majlisda tashkiliy masala ko‘rildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaning 86-moddasiga muvofiq Senat Raisi lavozimiga Norboyeva Tanzila Kamolovna nomzodini taqdim etdi. (Shavkat Mirziyoyev 20 iyundagi farmoni bilan Tanzila Norboyevani senator etib tayinlagan. Prezident Senatning 16 nafar a'zosini tayinlashi mumkin - tahr).
«Men Tanzila Norboyevaning hukumatdagi faoliyati doirasida qilgan ishlari, ayniqsa, bolalar mehnatini yo‘qotishdagi harakatlarini e'zozlayman.
Xalqaro hamkorlikda ham uning mehnatlari salmoqli», deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Senatorlar nomzodni qo‘llab-quvvatlagan.
Tanzila Norboyeva bu lavozimda 20 iyun kuni Bosh prokurorlikka o‘tgan Nig‘matulla Yo‘ldoshev o‘rnini egalladi.
Tanzila Norboyeva 1956 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, Toshkent Davlat universitetini (hozirgi O‘zMU) tamomlagan, 1995-2010 yillarda Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda ishlagan, 2010-2016 yillarda O‘zbekiston Kasaba-uyushmalari federatsiyasiga raislik qilgan. U 2016 yilning dekabridan buyon O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida ishlab kelayotgandi.
Shu tariqa, O‘zbekiston tarixida ilk marta Senatga ayol kishi rais bo‘ldi.
Mavzuga oid
16:12
Tanzila Norboyeva Rossiyada MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasida ishtirok etdi
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
13:10 / 17.11.2024
O‘zbekiston parlamenti a’zolari Bokuda o‘tayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyada ishtirok etdi
22:55 / 16.11.2024