Xotin-qizlar qömitasining sobiq raisi Tanzila Kamalovna Norboyeva Senatning yangi raisi sifatida tasdiqlandi. Bu haqda Senatning 20-yalpi majlisi vaqtida ma'lum qilindi.

Majlisda taşkiliy masala körildi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaning 86-moddasiga muvofiq Senat Raisi lavozimiga Norboyeva Tanzila Kamolovna nomzodini taqdim etdi. (Şavkat Mirziyoyev 20 iyundagi farmoni bilan Tanzila Norboyevani senator etib tayinlagan. Prezident Senatning 16 nafar a'zosini tayinlaşi mumkin - tahr).

«Men Tanzila Norboyevaning hukumatdagi faoliyati doirasida qilgan işlari, ayniqsa, bolalar mehnatini yöqotişdagi harakatlarini e'zozlayman.

Xalqaro hamkorlikda ham uning mehnatlari salmoqli», deya prezident sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Senatorlar nomzodni qöllab-quvvatlagan.

Tanzila Norboyeva bu lavozimda 20 iyun kuni Boş prokurorlikka ötgan Niğmatulla Yöldoşev örnini egalladi.

Tanzila Norboyeva 1956 yilda Andijon viloyatida tuğilgan, Toşkent Davlat universitetini (hozirgi ÖzMU) tamomlagan, 1995-2010 yillarda Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda işlagan, 2010-2016 yillarda Özbekiston Kasaba-uyuşmalari federatsiyasiga raislik qilgan. U 2016 yilning dekabridan buyon Özbekiston boş vaziri örinbosari - Xotin-qizlar qömitasi raisi sifatida işlab kelayotgandi. 

Şu tariqa, Özbekiston tarixida ilk marta Senatga ayol kişi rais böldi.