Kamerunning Baxam aholi punkti yonida avtobus va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi jarohat oldi. Bu haqda Cameroon-Info portali xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, yo‘l-transport hodisasiga avtobus haydovchisi sababchi bo‘lgan. U tezlik me'yoriga amal qilmagan hamda chalg‘ib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, yuk mashinasiga urilgan.
Guvohlarning ta'kidlashicha, avtohalokat 23 iyun kuni soat 16:00 atrofida yuz bergan. Turistik avtobus Duala port shahriga ketayotgan bo‘lgan. Avtobusda xorijliklar bo‘lgani borasida ma'lumotlar yo‘q.