Kamerunning Baxam aholi punkti yonida avtobus va yuk maşinasi töqnaşuvi oqibatida 22 kişi halok böldi, bir neça kişi jarohat oldi. Bu haqda Cameroon-Info portali xabar berdi. 

Ta'kidlanişiça, yöl-transport hodisasiga avtobus haydovçisi sababçi bölgan. U tezlik me'yoriga amal qilmagan hamda çalğib, qarama-qarşi yönalişga çiqib ketib, yuk maşinasiga urilgan.  

Guvohlarning ta'kidlaşiça, avtohalokat 23 iyun kuni soat 16:00 atrofida yuz bergan. Turistik avtobus Duala port şahriga ketayotgan bölgan. Avtobusda xorijliklar bölgani borasida ma'lumotlar yöq.