2018 yilda 1126 kishi giyohvandlik bo‘yicha dispanser ro‘yxatiga olingan
2018 yilda 1126 shaxs O‘zbekistonda giyohvandlik dispanserida ro‘yxatga olingan. Bu 2017 yilgi ko‘rsatkichga nisbatan (1078) 48 kishiga ko‘pdir. Ammo, dispanser ro‘yxatida turuvchi bemorlar soni bir yilda 1894 kishiga kamayib, 6142 kishini (2017 yilda 8036 kishi) tashkil etgan, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
26 iyun kuni DXX tomonidan tashkil etilgan anjumanda ma'lum qilinishicha, giyohvandlik tuzilmasida kannabis guruhidagi narkotiklarni iste'mol qiluvchilarning salmog‘i yuqori bo‘lib, 4169 kishini yoki jami bemorlarning 67,9 foizini, opiy iste'molchilari esa 1684 kishini yoki 27,4 foizni tashkil etgan. Ta'kidlanishicha, geroinga tobe bo‘lganlar soni 2,3 barobar qisqarib, 979 kishini tashkil etgan.
Mavzuga oid
20:03 / 19.11.2024
“Ko‘p kayf qilib yuborganman” - 3 yashar bolaning qotili o‘sha kuni “glyuk”da bo‘lganini aytdi
21:47 / 15.11.2024
Qotil giyohvand bo‘lgan: 3 yoshli bolani o‘ldirgan erkak ustidan sud boshlandi
14:55 / 15.11.2024
DXX raisi O‘zbekistondagi muhim axborot infratuzilmalarini toifalashga doir buyruq chiqardi
23:25 / 09.11.2024